TAGOR

TAGOR

TAGOR Rabindranat (Thakur Robindranath; 1861.7.5 — Kalkutta — 1941.7.8) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Bengal tilida ijod qilgan. Kalkutta va London untlarida oʻqigan (1878—80). Angliyada chikadigan «Gyanankur» va «Bharati» jurnalilarida dastlabki sheʼr, doston va makrlalari bosilgan (1875-y. dan). Vataniga qaytgach (1880), «Valmika dahosi» (1881) musiqali dramasini yozgan. Ilk sheʼriy tuplami — «Oqshom qoʻshiqlari» (1882) panteistik ruvda. «Tabiat intiqomi» (1883) pyesasi, «Tonggi qoʻshiqlar» (1883), «Suratlar va qoʻshiqlar» (1884) sheʼriy toʻplamlarida pok muhabbat ulugʻlangan. «Bibha sohili» (1883) va «Donishmand raja» (1886) tarixiy romanlarida zulm va adolatsizlik qoralangan. Tagor 1884—1911-y. larda «Brahma Samaj» diniymaʼrifiy jamiyatining kotibi vazifasida ishlagan. Hindiston Milliy Kongressining 2kongressi (1886) ishlarida faol qatnashgan. Uning «Chitra»> (1896), «Lahza» (1900) sheʼriy toʻplamlari, «Raja va Raniy» (1889), «Qurbonlik» (1890), «Chitrangoda» (1892), «Malini» (1895) falsafiy dramalari va «Hisoblar» (1891), «Jazo» (1893), «Hyp va soyalar» (1894) kabi hikoyalarida hind xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashi tasvirlangan. «Shadhoda» jurnali ida siyosiy va ijtimoiy maqolalari chop etilgan. Kalkutta yaqinidagi Shantiniketonda maktab ochib, oʻqituvchilik qilgan. 20y. larda Vishvabgʻarati untiga asos solgan. «Koʻzga tushgan choʻp» (1902), «Halokat» (1905) romanlari va «Buzilgan uya» (1903) qissasi bilan bengal adabiyotida maishiypsixologik roman janrini boshlab berdi. 1902-y. T. ning xotini, otasi, oʻgʻli olamdan oʻtadi. Uning bu musibat va iztiroblari «Xotira» (1903), «Farzand» (1903), «Parom» (1906) sheʼriy toʻplamlarida aks ettirilgan. «Gora» romani (1907—10), «Qasos» (1905) dramasi va «Pochta» (1912), «Konservatizm qalʼasi» (1912) pyesalarida T. Hindistondagi barcha millat vakillarini, ular qaysi tabaqa va diniy mazhabdan boʻlishidan qatʼi nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa birlashishga daʼvat etadi. Uning «Xalq qalbi» nomli qoʻshigʻi (1911) Hindiston Respublikasining, vatanparvarlik haqidagi «Mening oltin Bengaliyam» qoʻshigʻi (1913) esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy gimniga aylangan. «Gitanjali» («Baxshida qoʻshikdar», 1910) sheʼriy toʻplami uchun unga nufuzli mukofot berilgan. «Turnalar parvozi» (1914—16) sheʼriy turkumi shoirning Gʻarb mamlakatlariga qilgan safari, 1jahon urushi va insoniyat taqsiri haqidagi oʻylarini aks ettirgan. «Toʻrt hayot» (1916) qissasi, «Xonadon va jahon» (1915—16) romani milliy ozodlik harakati voqealariga bagʻishlangan.

Ensiklopediya.uz
TAGOR