AQShda yo`g`on ichak saratoniga qarshi davo topildi
Amerika Qo`shma Shtatlari yo`g`on ichak saratoni kasalligini davolash imkoniga erishdi. Tajriba preparatning 100 foiz samarali ekanini ko`rsatgan.
Qayd etilishicha, preparat Nyu-Yorkdagi saraton markazining 18 nafar ko`ngillisida sinovdan o`tkazilgan. Bemorlar dastlab uni olti oy davomida qabul qilishgan. Shu bilan birga kimyoterapiyadan foydalanmasdan ularning tanasidagi saraton hujayralari soni sezilarli darajaga kamaygan. Bu hodisa onkologiyani davolash tarixida birinchi bo`lgani aytilmoqda.
«Ushbu dori immunitetni nazorat qilish punkti ingibitorlari deb ataladigan preparatlar sinfiga kiradi. Bular saraton kasalligining o`ziga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilmaydigan, lekin aslida odamning immun tizimini o`z vazifasini bajarishga undaydigan immunoterapevtik mahsulotlardir»,-deb ta`kidlaydi tadqiqotchilar.
Ta`kidlanishicha, mazkur preparat avvalroq melanoma yoki saratonning boshqa turlarida qo`llanilgan.
«Ammo yaqin vaqtgacha ular yo`g`on ichak saratonini muntazam davolashning bir qismi emas edi «, deydi olimlar.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
AQShda yo`g`on ichak saratoniga qarshi davo topildi