Avzalbek Husanov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Avzalbek Husanov 1976-yil 16-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Avzalbek ota onasining hohishi bilan 5-sinfdan e’tiboran doira to’garagiga qatnashadi. Maktabni bitirib esa poytaxtdagi Madaniyat texnikumiga o’qishga kirib, doirachilik fakultetida tahsil oladi. Texnikumni tamomlagandan so’ng esa o’z ish faoliyatini O’zbekiston Markaziy Ofitserlar uyida bastakor xonanda lavozimida boshlaydi. Ilk ijodini esa 1996-yilda «Chaqaloqlar tug’ilsin» va «Qo’lda bir qadah sharob» qo’shiqlari bilan boshlaydi. Aynan, «Qo’lda bir qadah sharob» qo’shig’i xonandaning xit taronasiga aylandi. Hozirgi kungacha xonanda 30dan ortiq qo’shiqlarini va 15ga yaqin kliplarini o’z muhlislari e’tiboriga havola etgan. Shu bilan birga «Sog’inch» deb nomlangan albomi ham muhlislar tomonidan ko’tarinki ruhda qarshi olingan. Xonanda deyarli barcha qo’shiqlarini o’zi bastalagan. Shu bilan birga barcha taniqli xonandalar Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov, Sardor Rahimxon, Ulug’bek Rahmatullayev, Ravshan Komilov, Sobirjon Mo’minov va yana bir qator taniqli xonandalar uchun musiqa bastalab keladi.Avzalbek Husanov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
DO`STLARGA ULASHING:
Avzalbek Husanov haqida, instagram, oilasi, rasmlari