Koronavirusning kam uchraydigan alomatlari ma`lum bo`ldi
Hozirda koronavirusning eng kam uchraydigan belgilari ko`ngil aynishi, diareya va qusishdir. Bu haqida virusolog, tibbiyot fanlari nomzodi Pavel Volchkov aytib o`tdi.
«Yuqori nafas yo`llari infeksiyasi bilan oshqozon-ichak traktining bilvosita infeksiyasi mavjud. Bu oshqozon-ichak traktining immun reaksiyasi bilan birga bo`lishi mumkin. Ayrim hollarda koronavirusni ko`ngil aynishi, diareya va qusish alomatlari orqali aniqlash mumkin. Lekin bu alomatlar juda kam uchraydi», dedi P. Volchkov.
Shuningdek, koronavirus boshqa infeksiyalarning yuzaga chiqishiga sabab bo`lishi mumkin, deya qo`shimcha qildi virusolog.
«COVID uzoq davom etsa unga bakterial infeksiya qo`shilishi mumkin, bu esa kasallikni kuchaytiradi. Masalan, bakterial pnevmoniyaga olib kelish ehtimoli mavjud. Afsuski, bu o`limga olib kelishi mumkin», dedi u.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Koronavirusning kam uchraydigan alomatlari ma`lum bo`ldi