ELEMENTAR GEOMETRIYA
ELEMENTAR GEOMETRIYA — geometriyaning aylana, nuqta, kesma, toʻgʻri chiziq, burchak, tekislik, ellips, silindr kabi figuralarning xususiyatlari hamda ulardan tashkil topgan sodda figuralarning oʻzaro vaziyati, tengligi masalalari bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Unda teoremalarni isbotlash va xulosa chiqarish yoʻli esa maʼlum mulohazalarga suyanish, aksiomalarga va oldingi isbotlarga asoslanish, yordamchi geom. yasashlarni bajarishdan iborat. Elementar geometriya asoslari Yunonistonda vujudga kelgan, Yevklidning «Negizlar» asarida uning yuzakiroq bayoni berilgan. Elementar geometriyada har gal «oʻzining» konkret geom. xossasi koʻrsatilgan (mas, ellips, silindr kabi) figuralar oʻrganiladi, bunday tayin figuralarga doir uzunlik, yuza, hajm, oʻzaro vaziyat masalalari qaraladi, lekin ularga doir umumiy tushunchalar Elementar geometriya chegarasidan chiqadi (q. Differensial geomegpriya, Proyektiv geometriya).
Ensiklopediya.uz
ELEMENTAR GEOMETRIYA