TOSHKENT LOKBOʻYOQ ZAVODI AKSIYADORLIK JAMIYATI
«TOSHKENT LOKBOʻYOQ ZAVODI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — kimyo sanoati korxonasi. Sanoat va qurilish, qishloq xoʻjaligi. mashinasozligi, mebel, parket va b. uchun lokboʻyoq mahsulotlari, loklar, boʻyoqlar, pigmentlar, quruq pyx oq boʻyogʻi va b. ishlab chiqaradi. 1945-y. da mineral xom ashyoni qayta ishlaydigan artel negizida tashkil etilgan. 1948-y. dan zdning yangi binosi kurila boshlagan. 1950-y. da smola quyultirish sexi, 1953-y. da emal va quyultirilgan smolaga aralashtirilgan boʻyoq, 1962 yda quruq pyx belilasi, 1965-y. da suvemulsiya boʻyogʻi, 1968-y. da sariq temir oksidli pigment ishlab chiqaruvchi sexlar ishga tushirildi. 1965-y. da zdning ishlab chiqarish quvvati 40 ming t ga yetdi.
Ensiklopediya.uz
TOSHKENT LOKBOʻYOQ ZAVODI AKSIYADORLIK JAMIYATI