Tibbiy sug`urta 2023 yilda qaysi hududlarda joriy etiladi? Inoyatov ma`lumot berdi

Tibbiy sug`urta 2023 yilda qaysi hududlarda joriy etiladi? Inoyatov ma`lumot berdi

Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tibbiy sug`urta qaysi hududlarda joriy etilishi haqida ma`lumot berdi. :

— Prezidentimizning Oliy Majlisga yo`llagan Murojaatnomasida ta`kidlanganidek, 2023 yildan boshlab, Davlat tibbiy sug`urta tizimini Toshkent shahrida joriy qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Biz o`zimizga majburiyat olgan holda Navoiy viloyatida ham tibbiy sug`urtani yo`lga qo`yamiz.

Buning uchun:

  • bir oy muddatda tibbiy sug`urta tizimini joriy etish bo`yicha qaror ishlab chiqiladi;
  • Toshkent shahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan ta`minlashga 30 mlrd. so`m yo`naltiriladi;
  • Poytaxtda 2023 yil 1 iyuldan tibbiy sug`urta tizimi mexanizmlari joriy etiladi.  

Bunda:

  • tibbiyot muassasalari to`liq raqamlashtiriladi;
  • har bir bemor qachon, qaerda va qanday davolanishi haqida aniq ma`lumotga ega bo`ladi.Tibbiy sug`urta 2023 yilda qaysi hududlarda joriy etiladi?  

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Tibbiy sug`urta 2023 yilda qaysi hududlarda joriy etiladi? Inoyatov ma`lumot berdi