Koronavirusga chalinganlar necha kun izolyasiya qilinishi kerak? JSST ma`lum qildi
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirusning yangi mutasiyalari keng tarqalayotgani munosabati bilan xastalik alomatlari mavjud kishilar uchun 10 kunlik izolyasiya joriy etishni tavsiya qildi.
Bu haqda JSSTning COVID-19ga qarshi kurash dasturi mutaxassisi Janet Dias Jenevada bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qildi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.
Shuningdek, ekspert o`z nutqida xastalik simptomsiz kechayotgan bemorlarni besh kunlik karantin sharoitida saqlash maqsadga muvofiqligini ta`kidladi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Koronavirusga chalinganlar necha kun izolyasiya qilinishi kerak? JSST ma`lum qildi