Tug`ma yurak nuqsonini jarrohlik amaliyotisiz davolasa bo`ladimi?

Tug`ma yurak nuqsonini jarrohlik amaliyotisiz davolasa bo`ladimi?

Tug`ma yurak nuqsonini jarrohlik amaliyotisiz davolasa bo`ladimi? Ushbu savolga tibbiyot fanlari doktori, professor Hakimjon Abrolov tomonidan quyidagicha javob berildi:

» Tug`ma yurak nuqsonlarining turlari juda ko`p. Shu bois davolash ishlari kasallikning turiga qarab belgilanadi.

Farzandi ushbu xastalik bilan tug`ilgan ko`pchilik ota-onalarda vaqt o`tgach, kasallik o`z-o`zidan yopilib ketadi, degan tushuncha bor. To`g`ri, ayrim nuqsonlar yopilib ketishi mumkin. Xususan, ochiq arterial protok — shunday turlardan biri.

Bola olti oylik bo`lgunicha, organizmdagi fiziologik o`zgarishlar tufayli bu tug`ma yurak nuqson turi kichik hajmda bo`lsa, o`z-o`zidan yopilib ketish imkoni bo`ladi. Biroq hammasi emas. Shu bois tug`ma yurak nuqsoni aniqlangandan so`ng, uni “o`zi yaxshi bo`lib ketadi” deya kutish va asoratlari chuqurlashib, operasiya qilib bo`lmaydigan holga olib kelmaslik zarur.  

Chunki bu dardni faqat jarrohlik amaliyoti bilangina davolash mumkin. Shu bois kasallikni erta aniqlab, doimiy nazoratda bo`lish maqsadga muvofiq».

 

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Tug`ma yurak nuqsonini jarrohlik amaliyotisiz davolasa bo`ladimi?