TIJORAT BANKI

TIJORAT BANKI

TIJORAT BANKI — korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari (hisobkitob, toʻlov operatsiyalari, qoʻyilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash, ssudalar berish, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar) koʻrsatadigan yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish xdgsobiga shakllantiradi. Oʻzbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin, 19-a. oxirlarida rus kapitali ishtirokida paydo boʻlgan va 1917-y. dagi Oktyabr toʻntarishiga qadar faoliyat koʻrsatgan. 20-a. ning 90-y. lari boshidan, mustaqillikdan keyin respublikada Tijorat bankilari kayta paydo boʻldi.

Ensiklopediya.uz
TIJORAT BANKI