TIB QONUNLARI

TIB QONUNLARI

«TIB QONUNLARI» (asl nomi «Kitob alQonun fittib») — Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari. «Tib qonunlari» oʻz davridagi tabobatning mufassal ensiklopediyasi boʻlib, unda inson sogʻligi va kasalliklariga oid boʻlgan barcha masalalar mantiqiy tartibda toʻla bayon etilgan. Oldinlari tabobat, asosan, hunar hisoblanar va u bilan shugʻullanuvchilar nazariy masalalarga unchalik ahamiyat bermay uni amalda qoʻllash bilan cheklanar edilar. Ibn Sino esa tabobatni ilm darajasiga koʻtardi va yunon, rim, hind, Yaqin va Urta Sharq tabiblarining tajriba va fikrlariga tayanib «Tib qonunlari»da uning ham nazariy, ham amaliy masalalarini chuqur ishlab chiqdi.

Ensiklopediya.uz
TIB QONUNLARI