2030 yilga borib insultdan o`lim ko`rsatkichi 2 baravar oshishi mumkin

2030 yilga borib insultdan o`lim ko`rsatkichi 2 baravar oshishi mumkin

JSST ma`lumotiga ko`ra, bosh miya qon aylanishining o`tkir buzilishi dunyoda erta o`lim sabablari orasida ikkinchi o`rinni egallaydi. Xususan, ishemik insultga chalinganlarning katta qismi hayotdan ko`z yumishi yoki umrbod nogironlikka mahkum bo`lishi achinarli holat.

Biroq 2030 yilga kelib, ushbu kasallikdan o`lim holatlari ikki barobar ortishi mumkin. Xitoy olimlari «Global Health Data Exchange» ma`lumotlarini tahlil qilish asnosida shunday xulosaga keldi.

Mutaxassislarning ogohlantirishcha, 2019 yilda insult oqibatida 3,29 million kishi hayotdan ko`z yumgan bo`lsa, 2030 yilda bu ko`rsatkich 6,4 million nafarga etadi.

Vaziyatning bunday yomonlashuviga chekish, to`yib ovqatlanmaslik, buyraklar faoliyati buzilishi, semirish, yuqori qon bosimi, qonda xolesterin va glyukoza miqdori ortishi, sayyoramiz aholisi soni ko`payishi kabi omillar sabab bo`ladi.

️ «Albatta, bu prognoz juda xavotirli. Ammo insoniyat ishemik insultning oldini olishga qodir. Sog`lom turmush tarziga rioya qilish eng oqilona va samarali profilaktik chora» — deydi tadqiqot muallifi Lize Syun.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
2030 yilga borib insultdan o`lim ko`rsatkichi 2 baravar oshishi mumkin