EPIKUR

EPIKUR

EPIKUR (mil. av. 341, Samos o. — mil. av. 270, Afina) — yunon faylasufi. 306-yildan Afinada yashagan, oʻz nomi bilan atalgan falsafa maktabiga asos solgan. Epikur 300 dan ortiq asar muallifi hisoblanadi. Lekin uning bir necha xati, aforizmlari va esda ligigina saqlanib qolgan. Epikur falsafani fizika (tabiat toʻgʻrisidagi taʼlimot), kanonika (bilish toʻgʻrisidagi taʼlimot, unda sensualizmga amal qilgan) va etikaga boʻlgan. Epikur fizikada Demokritning atomistika taʼlimotiga ergashdi. Son-sanoqsiz olamlar orasidagi fazolarda yashayotgan befarq xudolar mavjud deb bildi, lekin ularning koinot va odamlar hayotiga aralashuvini inkor etdi. U Platonning «gʻoyalar dunyosi», Aristotelning «birinchi turtki» va boshqalarning gʻayritabiiy kuchlar haqidagi gʻoyalariga qoʻshilmadi, olam sonsanoqsiz, cheksiz, doimiy harakatda va oʻzgarishda deb hisobladi. Epikurning fikricha, jon moddiy, tana bilan bogʻliq, tana oʻlishi bilan u ham oʻladi.

Ensiklopediya.uz
EPIKUR