ELEKTRON MUSIQA

ELEKTRON MUSIQA

ELEKTRON MUSIQA — 1) elektron musiqa cholgʻulari, ovoz yozish hamda ovoz taratish (magnitofon kabi) qurilmalari vositasi bilan yaratilgan musiqa asarlari. Kompozitorlik ijodida konkret musiqa, maxsus kompyuter dasturlari asosida ijod etilgan kompyuter musiqasi, kinofilm, spektakl va boshqalar uchun bastalagan amaliy Elektron musiqa kabi turlari ajratiladi. Ommabop musiqada 1970-y. lardan rivoj topib, barcha elektr va elektron musiqa cholgʻularidan keng foydalanilgan cholgʻu rok musiqa («8rase», «Tap§yeppe Vgeat» va boshqalar ansambllar), koinot mavzusida, asosan, sintezator uchun yaratilgan musika («Rtk Gʻyuuo* ansambli, Jan Mishel Jarr, Klaus Shulse va boshqalar), noaniq ritmlar, rivojlanmagan ohang parchalari, koʻp qatlamli, choʻziq akkord va shovqinlarga asoslangan «embiyent» uslubi (Brayyan Eno va boshqalar), texnik qurilmalar tovushlarining taqlidlaridan foydalanilgan t«yexno» uslubi va boshqalar ajratiladi;

Ensiklopediya.uz
ELEKTRON MUSIQA