TUHMAT

TUHMAT

TUHMAT, boʻhton (jinoyat huquqida) — biror shaxsni obroʻsizlantirish maqsadida ataylab yolgʻon va uydirma gaplar tarqatish. Tuhmat qilish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, jinoiy javobgarlikka tortishga olib keladi. Bunda aybdor shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 y. gacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi (Oʻzbekiston Respublikasining JK, 139modda, 1qism). Agar Tuhmat qilish nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali sodir etilgan boʻlsa, bu ogʻirlashtiruvchi holat sifatida shaxsni toʻgʻridan toʻgʻri jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi. Aybdor shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha mikdorda jarima yoki 2 y. dan 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 139modda, 2kism). Agar Tuhmat ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab; ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda; xavfli retsidivist tomonidan; gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, aybdor 3 y. gacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Ensiklopediya.uz
Tuhmat