TURFON SULTONLIGI
TURFON SULTONLIGI, Turfon davlati — markazi Turfon sh. boʻlgan davlat nomi. Turfon Buyuk ipak yoʻlitsa muhim oʻrin tutgan joy boʻlganligi sababli, bu zaminda 2 ta davlat mavjud boʻlgan. Ulardan dastlabkisi Turfonda topilgan tosh bitiklarda Qoʻchoʻ (Kuju), Xitoy manbalarida Gaochan davlati deb nomlangan. Mazkur davlatning tashkil topgan vaqti 460-y. ga, yoʻq qilingan vaqti 9-a. ning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Bu davlatda Budda dini yuksak darajada rivojlangan. Shu sababli gʻarbga safar qilgan Xitoy rohiblari bu zaminni ziyorat qilmay oʻtmagan. Qoʻchoʻ davlati Xitoyga yaqin boʻlganligi sababli doim ushbu mamlakatning tavdidi ostida turgan. Xitoy imperatorlari esa Turfonni oʻz nazorati ostiga olishga harakat qilgan. Turk xoqonligi davrida Qoʻchoʻ turklarga tobe boʻlgan. Qoʻchoʻ davlatining poytaxti hoz. Turfon sh. ning sharqiy tomonida va 40 km narida joylashgan Qoraqoʻchoʻ boʻlgan. Hoz. kunda uning faqat xarobalarigina saqlanib qolgan.
Ensiklopediya.uz
TURFON SULTONLIGI