TEFL, TESL va TESOL nima va ular o’qituvchilarga qanday imtiyoz beradi?

TEFL, TESL va TESOL nima va ular o’qituvchilarga qanday imtiyoz beradi?

Ko’pgina o’qituvchilar orasida bugungi kunda tez-tez quloqqa chalinayotgan ushbu sertifikat turlari haqida ko’pchilik eshitgan bo’lsa kerak. Bu kabi sertifkatlar sizga turli xil mamlakatlarda ingliz tili o’qituvchisi bo’lib ishlash huquqini beradi. Ayrim mamlakatlarda o’qituvchi bo’lib ishlash uchun universitetni tamomlab bakalavr darajasidagi diplomga ega bo’lishingiz shart emas. TEFL, TESL yoki TESOL bilan dars berish mumkin bo’ladi. Ushbu ikki turdagi sertifikatlar deyarli bitta narsa. Faqat ayrim farqlari bor.

TEFL (Teaching English as a Foreign Language) – Ingliz tilini xorijiy til sifatida o’qitish, ushbu estifikat sizga, ona tili siingliz tili bo’lmagan davlatlar, masalan Xitoy, Braziliya, Yaponiya kabi davlatlarda ingliz tili o’qituvchisi bo’lib ishlash huquqini beradi. Bu sertifikatni onlayn yoki shunday sertifikatga o’qitadigan markazlarda o’qib olishingiz mumkin. Sertifikatda siz onlayn yoki an’anaviy usulda o’qiganiz to’g’risida hech qanday ma’lumot berilmaydi. Shuning uchun har ikkala yo’l bilan olingan sertifikat bir xil bo’ladi.
Onlayn o’qish uchun o’rtacha 300$ to’lashiz kerak bo’ladi. Markazga qatnab o’qish esa sizga taxminan 1200$ larga tushadi. Istagizga ko’ra 60 soatlik, 120 soatlik yoki 150 soatlik kurslarni tugatishiz mumkin. Bunda 150 soatlik kurs uchun taxminan yarim yil vaqtingiz ketadi.

TESL (Teaching English as a Second Language) – Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish, bu sertifikat asosan ona tilisi ingliz tili bo’lmagan lekin hozirda ingliz tilida so’zlashadigan mamlakatlarning birida yashab turgan o’quvchilarga masalan, USA, UK, Australia va Canada kabi davlatlardagi immigrantlar, talabalar, ishchilarga ingliz tilini o’qitish uchun hisoblanadi.

TESOL (Teaching English to speakers of other languages) – Ingliz tilini boshqa tillarda so’zlashuvchilarga o’qitish, bu sertifikat TEFL va TESL dan farqli o’laroq, istalgan davlatda ingliz tilini o’qitish huquqini beradi. Ushbu kursni onlayn 250$, markazlarda esa 1500$ lar atrofida topishingiz mumkin.
O’qish davomiyligi 120 soatdan 150 soatgacha bo’lishi mumkin.

TESOL, TESL va TEFL ni daraja beradigan sertifikatlar bilan adashtirmang. Bu sertifikatlar o’qib, kursni muvaffaqiyatli tugatib keyin olinadi. Daraja aniqlaydigan sertifikatlar esa (IELTS, CEFR) istalgan payt topshirib olinishi mumkin. Keyin ushbu sertifikatlardan biriga ega ekanligingiz ish topishingiz kafolatini bermaydi. Masalan Xitoyda siz o’qituvchi bo’lib ishlashingiz uchun oliy ma’lumotga ega bo’lishingiz kerak. TEFL, TESL yoki TESOL sertifikatlarini siz bir yutug’ingiz sifatida ko’rsatishingiz mumkin. Lekin ularni o’zi bilan dars bera olmaysiz.
O’zbekistonda bu kabi sertifikatlara o’qitishlar yo’lga qo’yilganiga hali ko’p bo’lmadi. Shuning uchun bu kabi sertifikatlar bilan davlat ta’lim muassasalarida dars berib bo’lmaydi. Lekin TEFL, TESL yoki TESOL sertifikatlariga ega ingliz tili o’qituvchilari uchun qaror (https://t.me/uzteachers/11140)ga muvofiq, ushbu sertifikatlar C1 darajasiga tenglashtirilishi va 50 foiz ustama berishi ko’zda tutilgan. Faqat har qaysi sertifikat ham tan olinmaydi. O’zbekiston hududida tan olinadigan sertifikatlar:
🔹 TESOL International Assosiation TCCP Course
🔹 SIT TESOL
🔹 Trinity CertTESOL
Qolgan turdagi sertifikatlar ustama uchun tan olinmaydi!

4
48
votes

Article Rating

Ko’rildi: 964

Darsliklar
TEFL, TESL va TESOL nima va ular o’qituvchilarga qanday imtiyoz beradi?