TERMOSTAT

TERMOSTAT

TERMOSTAT (termo… va yun. statos — qoʻzgʻalmas) — trani doimiy saklash uchun moʻljallangan asbob; atrofmuhitdan metall, shisha yoki boshqa materialdan qilingan issiklik izolyatsiyasi bilan himoyalangan idish. Idishning ichida qizdirgich va termorostlagich boʻladi. Oʻzgarmas trani taʼminlash uchun toza moddalar yoki barqaror aralashmalarning suyuqlanish va qaynash tralari, yaʼni fazaviy oʻtishlar tralari barqarorligidan foydalaniladi yoki maxsus qurilmalar — termorostlagichlar qoʻllanadi. Termostatda issiklik eltgichlar sifatida spirt, suv va moy (oʻrtacha t-ra —200 — 800K uchun), suyultirilgan tuz va metallar (800K dan yuqori t-ra uchun) ishlatiladi. Juda past tralar (kriogen tralar, 120K dan past) uchun moʻljallangan Termostat kriostat deb ataladi. Termostatdan fizikkimyoviy, bakteriologik va b. tadqiqotlarda, elektronika, kinofototexnika va b. sohalarda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
TERMOSTAT