TERMIZ

TERMIZ

TERMIZSurxondaryo viloyatidagn shahar. Viloyat markazi. Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning jan. qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Termiz stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Mayd. 27,8 km2. Aholisi 119,6 ming kishi (2004). Iklimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar — eng yuqori t-ra 49,5°, 1914-y. 21-iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha t-ra 16—18°. Yanv. ning oʻrtacha trasi 2,8—3,6, iyulniki 28—32°. Baʼzida, qishda sovuq — 20° va undan ham past boʻladi. Yillik yogʻin 133 mm.

Ensiklopediya.uz
TERMIZ