TEMURIYLAR HARBIY SANʼATI

TEMURIYLAR HARBIY SANʼATI

TEMURIYLAR HARBIY SANʼATI — jahon gʻarbiy sanʼagi rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qoʻshgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan gʻakli ravishda eʼtirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi hisoblanmish Sohibqiron intizomli armiya tuzishga, jang paytida qushin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga gʻarbiy kuchlarni tezkorlik bilan yoʻllashga, mavjud toʻsiq va gʻovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, qoʻshindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur va temuriylar armiyasi chorvadorlar qatori kosibchilik, hunar mandchilik, dehqonchilik bilan mashgʻul oʻtroq aholidan ham askar toʻplagan. Qoʻshinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan oshliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan boʻlib armiyaga oʻt sochar qurol — (toʻpraʼd)ni olib kirgan. Temuriylar davrida bu qurolning boshqa turlari (zarbzan, farangi, qozon va h. k.) keng yoyildi. Togʻli hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va boʻlinmalar tashkil qilingan. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida 1boʻlib qoʻshinni jang maydonida anʼanaviy 5 boʻlakdan farqli ravishda 7 qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu yangilik keyinchalik Toʻxtamish, Shayboniyxon singari sarkardalar tomonidan oʻzlashtirilgan. Ibn Arabshohning guvoxlik berishicha, Sohibqiron qoʻshinida ayollardan iborat boʻlinmalar boʻlib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini koʻrsatgan.

Ensiklopediya.uz
TEMURIYLAR HARBIY SANʼATI