ShELDA

ShELDA

ShELDA, Esko — Yevropadagi daryo, Fransiya, Belgiya va Niderlandiya hududlaridan oqadi. Uz. 450 km, havzasining mayd. 35,5 ming km2. Flandriya tekisligi boʻylab oqadi va estuariy hosil qilib, Shim. dengizga quyiladi. Asosiy irmoqlari — Lis (chapdan) va Ryupel (oʻngdan). Oʻrtacha suv sarfi 100 m3/sek., quyi qismida dengiz suv koʻtarilishlari roʻy beradi. Daryoda kema qatnaydi, Antverpen shahrigacha dengiz kemalari ham kira oladi. Kanallar orqali Sena, Somma, Maas daryolari bilan bogʻlangan. Shelda boʻyida Gent, Antverpen shahrilari joylashgan.

Ensiklopediya.uz
ShELDA