TOʻRAYEV

TOʻRAYEV

TOʻRAYEV Joʻraqul (1922.20.3 hoz. Jizzax tumani — 1998.10.8) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 46engil artilleriya brigadasi, 1007polki, 2batareyasining toʻp navodchigi, kichik serjant. Brest obl. ning Goroxovishche qishlogʻidagi jangda jasorat koʻrsatganligi uchun Kaxramon unvoni berilgan (1944-y. 29 mart). 1945-y. Podolsk artilleriya bilim yurtini tugatgan. Mayor T. 1953-y. dan zaxirada. Jizzax rn partiya qoʻmitasi instruktori (1954 —59), shu rayon kzlarida rais muovini (1959—62), shahar maishiy xizmat koʻrsatish kombinati direktori (1970 — 74), Jizzax viloyati remont qurilish boshqarmasi taʼminot boʻlimining boshligʻi (1974-y. dan). Jizzax sh. koʻchalaridan biri Toʻrayev nomi bn ataladi.

Ensiklopediya.uz
TOʻRAYEV