TUTASH IDISHLAR

TUTASH IDISHLAR

TUTASH IDISHLAR — pastki tomonlari oʻzaro birlashgan idishlar. Idishlarning qanday shakldaligidan qatʼi nazar ular bir xil suyukdik bilan toʻldirilsa, ikkala idishda ham suyukdik sathi birday boʻladi. Agar idishlar har xil suyuqliklar bilan toʻldirilsa, zichliklari turlicha boʻlganligi uchun ularning sathi har xil balandlikda joylashadi, chunki balandlik zichlikka teskari mutanosib (rDqr2/g2; bunda r, va r2 — zichliklar, Gʻg, va Gʻg2 — balandliklar). Agar Tutash idishlarning bir tirsagi berk boʻlsa, suyuqliklar satxlari orasidagi farq oʻsha berk tirsakdagi bosimga boglik boʻladi. Manometrlar, bugʻ qozonlarining suv oʻlchash asboblari, suyukdiklarning zichligini oʻlchash asboblari va b. asboblarda qoʻllanadi.

Ensiklopediya.uz
TUTASH IDISHLAR