TURKIYA

TURKIYA

TURKIYA (Tiirkiye), Turkiya Respublikasi (Turkiye Cumhuriyeti) — Osiyoning gʻarbiy qismi va Yevropaning jan. sharqiy qismida joylashgan davlat. Hududining 97% Kichik Osiyo ya. o. (Anadolu)da, 3% Yevropa (Sharqiy Frakiya)da. Shim. dan Qora dengiz, gʻarbdan Egey dengizi, jan. dan Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Egey dengizidagi bir qancha orol ham Turkiyaga qarashli. Mayd. 814578 km2. Aholisi 69,6 mln. kishi (2003). Poytaxti — Anqara sh. Maʼmuriy jihatdan 81 el (viloyat)ga, ellar elchalarga boʻlinadi.

Ensiklopediya.uz
Turkiya