TOGʻ QARGʻA

TOGʻ QARGʻA

TOGʻ QARGʻA (Pyrrhocorax pyrrhocorax) — chumchuqsimonlar turkumining kargʻalar oilasiga mansub qush. Kattaligi zogʻchadek. Tanasining uz. 45 sm cha, ogʻirligi 270—370 g. Patlari qora rangda, dum va qanoti yashil tovlanadi; tumshugʻi va oyogʻi qizil. Markaziy va Jan. Yevropa, Shim. Gʻarbiy Afrika, Efiopiya, Oʻrta Osiyo togʻlarida tarqalgan. Oʻtroq hayot kechiradi. Togʻlarning alp mintaqasida yashaydi. 4—5 ta tuxum qoʻyib, 17—18 kun modasi bosadi. Hasharotlar, chuvalchanglar va umurtqasizlar, baʼzan mevalar bilan oziklanadi.

Ensiklopediya.uz
TOGʻ QARGʻA