TUXUMDON

TUXUMDON

TUXUMDONodam va hayvonlardagi urgʻochilik jinsiy bezi. Tuxumdonda tuxumhujayra hosil boʻladi va yetiladi (faqat bulutlar va tuban kovakichlilarda Tuxumdon aloxida organ sifatida shakllanmagan). Umurtqali hayvonlarda Tuxumdon ichki sekretsiya bezi sifatida gormon (follikulin va b.) ham ishlab chiqaradi. Tuxumdon embrion hujayra paylari oʻsgan biriktiruvchi toʻqimali asosdan iborat; bu paylar dumaloq follikulalarga (ichida faqat bitta tuxumhujayra rivojlanadi) va bir kator somatik yoki follikulyar xujayralarga (taraqqiy etayotgan tuxumhujayra atrofida joylashgan) ajraladi. Yetilgan follikulalar T. sirtiga siljiydi va tuxum T. devori yoriqlaridan tana boʻshligʻiga tushadi. Sut emizuvchilarda yorilgan follikulalar oʻrnida sariq tana rivojlanadi.

Ensiklopediya.uz
TUXUMDON