TOZ

TOZ

TOZ — ilk oʻrta asrlarda yirik turkiy qabilalardan biri. Tozlar 10—12a. larda qipchoqlar tarkibiga kirgan. Oʻzbeklarning qurama, nurotalik turkmanlar, qatagʻon, mangʻit, kesamir kabi qabila birlashmalari tarkibida boʻlgan. Oʻzbek qatagʻonlari tarkibidagi (tas)lar chovchi, bolgʻabosgan kabi tarmoklarga ham boʻlingan. Tozlar keyinchalik bir qancha guruhlarga boʻlinib, boshqird, qozoq, oʻzbek va qoraqalpoq xalklari tarkibiga qoʻshilib ketgan.

Ensiklopediya.uz
TOZ