SHAHARSOZLIK

SHAHARSOZLIK

SHAHARSOZLIK (shahar qurish) — meʼmorlikning yirik sohasi; shahar bunyod etish nazariyasi va amaliyoti — aholi yashaydigan hududlar (turar jsoylar) ni loyiha asosida rejalashtirish. Sh. ijtimoiyiqtisodiy, sanitariyagigiyena, qurilishtexnika, badiiymeʼmoriy masalalar majmuini qamrab oladi. Shaharsozlik majmui meʼmorlik va qurilish bunyodkorligi, jamiyatning ijtimoiy tizimi va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot darajasi, madaniyati, tabiiy iqlim sharoitlari va milliy oʻziga xosligi bilan belgilanadi. Shaharsozlik oʻz navbatida qishloq aholi turar joylarini rejalash, landshaft meʼmorligi, bogʻ barpo etish, tumanlarni rejalash, sanoat korxonalari, dam olish mintaqalarini ratsional ravishda joylashtirish, ekologiya masalalari kabi bir necha tarmoqlarga boʻlingan. Shaharsozlikda turar joylarning nafaqat meʼmoriybadiiy qiyofasiga, estetik jihatlariga, balki obodonlashtirishga — yoʻllar, ayniqsa, avtomobil yoʻllarita, infratuzilma (suv, oqava — kanalizatsiya, gaz, elektr va boshqalar muhandislik taʼminotlari) ga katta eʼtibor beriladi. Shaharsozlikda yangi shahar, shaharcha, qishloqlarni qurish, qadimiy shaharlarni muhofaza qilish (rekonstruksiya qilish), meʼmoriy majmualar (koʻproq turar joy . mavzelari) ni bunyod etish bosh reja asosida amalga oshiriladi, bunda loyihalarni ishlab chiqish (tuzish) muhim oʻrin tutadi. Bunday loyihalar buyurtmalar orqali Shaharsozlikka ixtisoslashgan ilmiy tekshirish va loyihalash intlarida bajariladi. Toshkentda Oʻzbekiston shaharsozlik loyihalash va ilmiy tekshirish instituti (OʻzLITI), Toshkent Boshtarh loyihalash va ilmiy tekshirish instituti va boshqalar shunga oʻxshash intlar faoliyat koʻrsatadi.

Ensiklopediya.uz
Shaharsozlik