IMOM AL-BXURORIY YODGORLIK MAJMUI
IMOM AL-BXURORIY YODGORLIK MAJMUI
DO`STLARGA ULASHING:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi.
Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom al-Buxoriy dafn etilgan Chelak tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan bo‘lib kelgan. XVI asrda Imom al-Buxoriy kabri ustiga mo‘jazgina maqbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sho‘ro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan qarovsiz ahvolga tushib qolgan edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Imom al-Buxoriy kabi butun umrini iymon va e’tiqod, ilm-ma’rifat, diyonat yo‘lida baxshida etgan ulug‘ zotlar xotiralarini e’zozlash. ular nomlari bilan bog’liq joylarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi «Imom alBuxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurilgan.
IMOM AL-BXURORIY YODGORLIK MAJMUI