SHILDIRBOSH

SHILDIRBOSH

SHILDIRBOSH, boʻyan — dukkakdoshlar oilasi boʻyandoshlarʻ turkumiga mansub koʻp yillik oʻsimlik turi. Oʻrta Osiyoda daryo boʻylari, togʻ yonbagʻirlari, adirlar, vodiylarda, toʻqaylarda oʻsadi. Ekinzorlarda begona oʻt sifatida uchraydi. Ildizi tarqoq, poyasi tik, 45—80 sm, barglari toq patsimon, 4 — 8 sm, 5—9 juft ellipssimon yoki choʻziqtuxumsimon bargchalari bor.

Ensiklopediya.uz
SHILDIRBOSH