TURNA

TURNA

TURNA (lot. Cms) — osmonning Jan. yarim sharidagi yulduz turkumi. Uning yulduzlari tutashtirilganda uchayotgan turnani eslatgani uchun shunday nom olgan. U Janubiy baliq, Mikroskop, Feniks va Hindiy yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekiston hududida uning asosiy qismi, jan. da atigi 10—15° gacha koʻtariladi va shuning uchun ham yaxshi koʻrinmaydi. Turnada oddiy koʻz bilan hammasi boʻlib 30 ga yaqin yulduzni koʻrish mumkin.

Ensiklopediya.uz
TURNA