TURKISTON

TURKISTON

TURKISTONQozogʻiston Respublikasi Jan. Qozogʻiston viloyatidagi shahar. Sirdaryoning oʻrta oqimida. Turkiston stansiyasi. Aholisi 95,5 ming kishi (2004). Turkiston qad, shahar. Muhim hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri. Arab geograflari asarlarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 4—10-a. larda Turkiston oʻrnida Shavgar (Shovajar) sh. mavjud boʻlgan. 12—16-a. larda esa Yassi deb atalgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida Turkiston qishloq (qarʼyat) tarzida berilgan. «Turkiston» nomi 16-a. dan maʼlum. Oʻsha davrda shahar Hazrati Turkiston nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Amir Umarxon davrida Turkiston Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan. 1864-y. da Rossiya bosib olgan (Chimkent uyezdidagi shahar, 1867-y. dan Sirdaryo viloyatidagi shahar).

Ensiklopediya.uz
TURKISTON