SHRIFFER Jon Robert
SHRIFFER Jon Robert (1931.31.5, Ouk Park) — amerikalik fizik. AQSH Milliy FA aʼzosi (1971). Massachugets texnologik intini (1953) va Illinoys untini (1957) tugatgan. Birmingem unti (Angliya) va N. Bor intida (Daniya) (1957—58) oʻz bilimini takomillashtirgan. Chikago (1957—60), Illinoys (1959—62) untlarida ishlagan. Pensilvaniya untida prof. (1962-yildan). Ilmiy ishlari qattiq jism fizikasi va pasttralar fizikasiga oid. J. Bardin va L. Kuper bilan birga oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1972; J. Bardin va L. Kuper bilan hamkorlikda).
Ensiklopediya.uz
SHRIFFER Jon Robert