SHOFIʼIY

SHOFIʼIY

SHOFIʼIY, toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofiʼiy (767, Falastin, Gʻazo shahri — 820, Qohira) — imom, shofiʼiylik mazhabining asoschisi, faqih. Makkada yashagan, hadislar va fiqhni oʻrgangan. Koʻp yerlarga safar qilgan. Makka muftisi Muslim Xolid az-Zanjiydan va Madinada Molik ibn Anasdan taʼlim olgan. Imomi Aʼzamning shogirdi Muhammad ibn Hasan bilan Bagʻdodda yaqin muloqotda boʻlib, unga shogird tushgan va shu yerda oʻz mazhabini tuzgan.

Ensiklopediya.uz
SHOFIʼIY