SHLYAXTA

SHLYAXTA

SHLYAXTA (polyakcha) — Markaziy Yevropaning bir nechta mamlakatlarida (ayniqsa, Polsha, Litvada) hukmron tabaqaning nomlanishi; dvoryanlikka mos keladi. Dastlab Shlyaxta — dunyoviy feodallarning quyi guruhi, ritsarlar. Keyinchalik Shlyaxtaning siyosiy rolini ortishi bilan uni huquqiy jihatdan dunyoviy feodallarning oliy guruhi — magnatlar tarkibiga kiritilishiga olib kelgan. 16—18-asrlarda PolshaLitva davlatida Shlyaxta respublikasi davlat tuzumi qaror topgan. 18-asrda Rech Pospolita boshqa davlatlar oʻrtasida taqsimlangandan soʻng Shlyaxta dvoryanlik bilan tenglashtirilgan.

Ensiklopediya.uz
SHLYAXTA