SHYONBERG

SHYONBERG

SHYONBERG Arnold (1874.13.9, Vena 1951.13.7, LosAnjeles) — Avstriya kompozitori, musiqa nazariyotchisi, pedagog, dirijyor va rassom. Yangi Vena maktabi va dodekafoniya asoschisi, musiqiy ekspressionizmning yirik vakili. Ijodini Yevropa klassik musiqasiga tayangan holda boshlagan. 1901 yil pedagogik faoliyatini boshlab 30 dan ortiq (A. Berg, A. Vebern, X. Eysler kabi) shogirdlar yetishtirgan. 1903-yildan Venada, 1925-yildan Berlinda yashagan va kompozitor, dirijyor, pedagog, shuningdek, xor jamoalari tashkilotchisi va badiiy rahbari sifatida tanilgan. 1930-y. lar boshida antifashistik harakatni qoʻllab quvvatlagan, oʻzi va shogirdlari tazyiqqa uchraganidan soʻng 1934-yildan AQSHda yashagan.

Ensiklopediya.uz
SHYONBERG