TOSHDARVOZA

TOSHDARVOZA

TOSHDARVOZA — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik(18—19-a. lar). Ichan qalʼaning jan. darvozasi. Dosh darvoza, Koʻhna bozor darvozasi nomi bilan ham mashhur. Darvoza 6 boʻlmali, tarhi 19,7x x17,0 m, bal. 10 m, oʻtish yoʻlida 2 gumbazli boʻlma, 2 yon tomonlarida kichik gumbazli xonalar (3,2×3,2 m) oʻzaro ravoqlar orqali burjlar bilan (jan. yon xonalar) birlashtirilgan. Burjlarda soqchilar xonasi bor. Darvoza peshtogʻidagi qanos va ikki yonidagi burjlar tepasi tenglashtirilgan. Darvoza tabaqalari yogʻochdan. Tashqi va ichki tomonlari bezaksiz, sodda, gumbazlari buzilgan. Darvozaning oʻtish yoʻli kengligi 4,83 m. Burjlar tepasiga shim. peshtokdagi buramasimon zinapoya orqali chiqilgan. Toshdarvoza bosh tarzi mahobatli. Tarzi va ichki tomoni bezaksiz.

Ensiklopediya.uz
TOSHDARVOZA