TEXNOLOGIK XARITA

TEXNOLOGIK XARITA

TEXNOLOGIK XARITA — ayrim turdagi qishloq xoʻjaligi. mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq texnologik ishlar mavjui. Ishlab chiqarish. resurslariga boʻlgan ehtiyojlar, ulardan foydalanish va boshka i. ch. koʻrsatkichlari, shuningdek, belgilangan ishlab chiqarish. dasturini bajarish boʻyicha tashkiliyiqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. Texnologik xarita jadval shaklida boʻlib, unda ketma-ketlikda (odatda xronologik tartibda) barcha turdagi ishlar (qabul qilingan texnologiyaga muvofiq), asosiy agrotexnik tadbirlar, mashina, mexanizm va agregatlar tarkibi, urugʻlik materiallar sarfi normalari, bajariladigan ishlar hajmi, baholari va b. koʻrsatiladi, shuningdek, mahsulot tannarxini hisoblashda qishloq xoʻjaligi. da qabul qilingan uslubiyat boʻyicha xarajatlar turlari aks ettiriladi. Texnologik xarita asosida barcha mahsulotlar boʻyicha bevosita xarajat (sarf)lar, boʻlinmalardagi doimiy va mavsumiy xodimlar soni, texnika, urugʻlik, ozuqa va b. moddiy resurslarga boʻlgan ehtiyojlar aniqlanadi. Texnologik xarita yordamida boʻlinmalar ishlab chiqarish. topshiriklari shakllantiriladi, zarur xarajatlar limiti hisobkitob qilinadi, mahsulotning reja tannarxi hisoblanadi, mahsulot birligiga narx belgilanadi, rejalashtirilgan ishlarni bajarilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi.

Ensiklopediya.uz
TEXNOLOGIK XARITA