SHOʻRSUVIT
SHOʻRSUVIT, shorsuit (Shoʻrsuv oltingugurt konidan topilgan; nomi shundan) — kvasslar guruhiga mansub mineral. 1955-yilda topilgan. Kimyoviy tarkibi (M§, Gʻye2+, Ia) (A1, Gʻye3+)2 (804)4 19,6 N20. Monoklin singoniyada kristallanadi. Tolasimon oq, kulrang. Ipaksimon yaltiraydi. Qattiqligi kam, zichligi 1,89—2,0 g/sm3. Suvda eriydi, olov alangasida qaynaydi. Qordek oppoq, asbestga oʻxshash yertomirlarda boʻladi. Alyuminiy va oksidlangan temirga boy sulfat tuzlaridan, kolchedan rudalarining oksidlangan zonasidan pastda kislorod yetishmasligidan hosil boʻladi. Piritli gillar va toshkoʻmir qatlamlarida ham uchraydi. Uraldagi Blyavinskoye va Kizel konlarida ham topilgan.
Ensiklopediya.uz
SHOʻRSUVIT