SHOFIRKON TUMANI

SHOFIRKON TUMANI

SHOFIRKON TUMANIBuxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shim. da joylashgan. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy dan Vobkent, jan. gʻarbdan Romitan, gʻarbdan Peshku, sharqdan Gʻijduvon tumanlari, shim. dan Navoiy viloyatining Konimex tumani bilan chegaradosh. Mayd. 3,72 ming km2. Aholisi 136 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shofirkon), 12 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻiafzal, Vardonze, Denov, Doʻrmon, Iskogare, Joʻynov, Joʻyrabot, Sulton Joʻra, Tezguzar, Chandir, Sharofbobo Hamroyev, Qarmoqon) mavjud. Markazi — Shofirkon shahri.

Ensiklopediya.uz
SHOFIRKON TUMANI