SHLYUZ

SHLYUZ

SHLYUZ (gollandcha §1sh5, lot. yexs1is1o — boʻlaman) — 1) navigatsiyada — kemalarni daryo yoki kanallarga bir suv sathidan ikkinchi suv sathiga oʻtkazish uchun moʻljallangan gidrotexnika inshooti. Devorlar va darvozalar bilan ajratilgan kameradan iborat. Kemalarni quyi sathdan yuqori sathga oʻtkazish uchun pastki darvoza ochiladi, kemalar kameraga kirgizilgach, darvoza yopiladi, soʻngra alohida galereya (yoʻl) yordamida kamera suvga toʻlgʻaziladi. Kameradagi suv sathi yuqorigi suv sathi bilan tenglashganda yuqorigi darvoza ochiladi va kemalar kameradan chiqarib yuboriladi. Kemalar yuqori sathdan quyi sathga tushirilayotganda suv chiqarilib, yuqori suv sathi quyi suv sathi bilan tenglashganda pastki darvoza ochiladi va kema chiqarib yuboriladi.

Ensiklopediya.uz
SHLYUZ