TANTALNIOBATLAR

TANTALNIOBATLAR

TANTALNIOBATLAR — minerallar guruhi — Ta, Mlarning Fe, Mn, Ca, Na, nodir yer elementlari va boshkalar bilan tabiiy kompleks birikmalari. Granit, pegmatit, karbonatitlarda aksessor mineral koʻrinishida uchraydi. Ta, Nb, Y larning rudalari. Umumlashgan formulasi AnBmXp, bunda A — kationlari yirik yoki oʻrtacha oʻlchamda. Tantalniobatlar sinfi 100 dan ortiq mineral va ularning xillarini kamrab olgan. Asosiy minerallari: kolumbit, tantalit, loparit, piroxlor, iksiolit, samarskit, evksenit, mikrolit va b. T. n. strukturasining asosida A guruhi kationlari bilan oʻzaro bogʻlangan niobiyli (tantalli) — kislorodli oktaedrlar yotadi. U, Th va TR tarkibli Tantalniobatlar metamiktli, kuchli radioaktivli boʻlib, oʻzida oʻzgaruvchan mikdorda suv saklaydi; polimorfli modifikatsiyasi koʻp. Tantalniobatlar mayda xolxollik hosil qilib, yirik koʻrinishda kam uchraydi (kristallari loparit, piroxlor, kolumbittantalit uchun xos). Rangi qora, toʻq qoʻngʻir, qoʻngʻirsariq; mangantantalit pushti, simpsonit och sariq rangda. Odatda, yarim shaffof, shishadek yaltiraydi, metamiktli xillari — smolasimon yaltiroq. Qattikligi 4,5 — 8, koʻpincha 5—6, metamiktli Tantalniobatlar niki bundan kamroq. Zichligi 3,5—9 g/sm3 (Ta va Ti miqdoriga bogʻliq). Fe, Mn va TR tarkibli Tantalniobatlar kuchsiz magnitli. Tantalniobatlar — nefelinli siyenitlarda, granitlarda aksessor mineral; granitli va ishqorli pegmatitlarda, nodir metalli albitlashgan granitlar, dala shpatli metasomatitlar, karbonatitlar, luyavritlar va foyyaitlarda yuqori konsentratsiya hosil qiladi (q. Niobiy rudalari, Tantal rudalari).

Ensiklopediya.uz
TANTALNIOBATLAR