ShERMUHAMEDOV

ShERMUHAMEDOV

ShERMUHAMEDOV Mirmulla (1886, Toshkeyt —1923.24.9) — shoir va yozuvchi, teatr tanqidchisi, tarjimrn. Beklarbegi madrasasida, rustuzem maktabida tahsil olgan. Shermuhamedov jurnalistlik faoliyatini «Turkiston viloyatining gazeti»da boshlagan, «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Fargʻona», «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq» gaz. larida xabar, maqola, sheʼr, hikoya va tanqidiy maqolalari bilan davom ettirgan. U matbuotda «Mirmulla», «Bir musulmon», «Mirmulla Shermuhammad» taxalluslarini qoʻllagan.

Ensiklopediya.uz
ShERMUHAMEDOV