ShELLI Persi Bish

ShELLI Persi Bish

ShELLI Persi Bish (1792.4.8, Fild-Pleys, Susseks grafligi — 1822.8.7, Spetsiya qoʻltigʻi, Italiya; Rimda dafn qilingan) — ingliz shoiri. Oksford untida oʻqigan (1810), «Ateizmning zaruriyati» (1811) risolasi uchun untdan haydalgan. Fransuz maʼrifatparvarlari taʼsirida «Agasfer» (1809) dostoni, «Margaret Nikolsondan qolgan parchalar», «Viktor va Kaziraning asl sheʼriyati» sheʼriy toʻplamlari, «Zastrossi» (1810) va «SentIrvin» (1811) romanlarini yozgan. Dublinga borib, irland xalqining mustaqillik uchun olib borgan kurashida ishtirok etgan. Soʻngra Angliyaga qaytib, «Qirolicha Mab» (1813) falsafiy dostonini yaratgan. 1818 yil Italiyaga koʻchib borgan va oradan 4 yil oʻtgach, toʻlqin paytida dengizga choʻkib oʻlgan.

Ensiklopediya.uz
ShELLI Persi Bish