SHUVARAN

SHUVARAN

SHUVARAN, sassiqkapa — karamdoshlarga mansub qishlovchi bir yillik begona oʻt. Poyasi tik oʻsadi, sershox, tukli, boʻyi 30—80 sm. Barglari navbatmanavbat joylashgan, bandsiz, ikki marta patsimon kesilgan, sertuk. Gullari och sariq qalqoncha toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi qoʻp urugʻli qoʻzoqcha. Ildizi sertomir oʻqildiz. May—avg. da gullaydi, iyun—sent. da mevalaidi. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 850 ming urugʻ beradi. Urugʻlari ariq suvlari orqali tarqaladi. Urugʻining unuvchanligi 5 yilgacha saqlanadi. Beda va sugʻoriladigan don ekinlarini ifloslaydi, chopiq qilinadigan ekinlar orasida, uzumzorlarda, bogʻlarda, turar joylar yaqinida, ariq yoqalarida oʻsadi.

Ensiklopediya.uz
SHUVARAN