SHIXTA

SHIXTA

SHIXTA (nem.) — metallurgiya qurilmalari, kimyo apparatlari va boshqalar agregatlarda qayta ishlanadigan materiallar aralashmasi. Mas, metallurgiya Shixtasi tarkibiga yoqilgʻi, ruda, temirtersak, flyus va boshqalar kiradi. Shixta dagi materiallarning birbiriga nisbati olinishi kerak boʻlgan mahsulotning zarur fizikkimyoviy xossalari bilan belgilanadi. Shixta qurilma, apparat yoki agregatga bir jinsli aralashma (kukun, dona koʻrinishida yoki briketlab) yoki ayrimayrim komponentlardan iborat porsiyalar tarzida solinishi mumkin. Shixtadan muayyan fizik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan mahsulotlar olinadi.

Ensiklopediya.uz
SHIXTA