SHIRKAT

SHIRKAT

SHIRKAT, xoʻjalik shirkati — jismoniy va yuridik shaxslarning shartnoma asosida va hamkorlikda xoʻjalik faoliyati yuritish maqsadlarini koʻzlaydigan ixtiyoriy birlashmasi. Shirkat aʼzolari xoʻjalik shartnomasi asosida ish yuritadilar, unda Shirkatning maqsadlari, Shirkat mulkini barpo etishda aʼzolar ishtiroki va badal miqdori, olinadigan foydaning taqsimlanishi hamda Shirkat tugatilganda mulkning oʻzaro taqsimlanishi, boshqarishda ishtirok etish huquqlari belgilab qoʻyiladi. Shirkat mulki hamisha Shirkat aʼzolarining hissaviy badallari negizida shakllanadi.

Ensiklopediya.uz
SHIRKAT