TUYGʻU ORGANLARI

TUYGʻU ORGANLARI

TUYGʻU ORGANLARI, tuyish organlari — teri, tayanchharakat apparati (muskullar, pay va b.), baʼzi shilliq qavatlar (lab, til va b.) dagi masxus retseptorlar. T. o. yordamida organizm tashqi muxit turli omillarining kompleks taʼsiri (mexanik taʼsirot, tra, ogʻriq)ni qabul kidali. Tuygʻu organlari terida notekis tarqalgan; sezish xususiyati yuqori boʻlgan sohalar (odam qoʻlining barmoqlari, lab, jinsiy aʼzolar va b.) da ular koʻp. Erkin nerv oxirlari T. o. ning eng koʻp tarqalgan turidir. Tuygʻu organlarining turlitumanligi, ular sathi va muvaqqat qoʻzgʻalishining oʻziga xosligi organizmning xilmaxil taʼsirotlarni seza olishiga imkon beradi.

Ensiklopediya.uz
TUYGʻU ORGANLARI