SHOTARA

SHOTARA

SHOTARA — koʻknordoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik oʻsadi, sershox, boʻyi 10—30 sm. Barglari ketmaket joylashgan, ikki marta patsimon ajralgan, uzun bandli. Gullari pushti, uchlari binafsha rangli shingil toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi sharsimon bir urugʻli yongʻoqcha. Ildizi — oʻqildiz. Apr. —iyulda gullab uruglaydi. Maysalari kech kuzda, erta bahorda paydo boʻladi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Begona oʻt sifatida lalmi va sugʻoriladigan don ekinlari orasida, paxta dalalarida oʻsadi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, turar joylar, yoʻl, ariq yoqalari, ekinzor chekkalari, xiyobonlar, bogʻ va uzumzorlarda uchraydi.

Ensiklopediya.uz
SHOTARA