SHODIYEV Davron Shodiyevich

SHODIYEV Davron Shodiyevich

SHODIYEV Davron Shodiyevich (1938.20.7, Qarshi tumani) — pedagog olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Ped. fanlari d-ri (1986), prof. (1989), Rossiya ped. va ijtimoiy FAning haqiqiy aʼzosi (1995). Toshkent ped. institutini tugatgan (1960). Qarshi ped. instituti (hoz. Qarshi unti) da oʻqituvchi (1961 — 67; 197274), dekan (197475), prorektor (197585), prof. (198791), kafedra mudiri (1991—93), Oʻzbekiston Ped. fanlari ilmiy tekshirish instituti direktori (1993—98), direktor oʻrinbosari (1998—2002). Asosiy ilmiy ishlari fizika fanini oʻqitish metodikasining metodologik muammolari va umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun fizika boʻyicha darsliklar yaratishga oid. Uning hammuallifligida 7—11sinflar uchun yozilgan «Fizika» darsliklari 1987-yildan buyon Oʻzbekiston, RF va boshqa MDH davlatlari maktablarida qoʻllanilmoqda.

Ensiklopediya.uz
SHODIYEV Davron Shodiyevich